Shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti (RRD) taklifi bilan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida haydovchilar uchun ma’lumotlar aks etadigan ekran yoki o‘zgaruvchan ma’lumot tablosini o‘rnatdi. RRD o‘zgaruvchan ma’lumot tablosi poytaxt transport infratuzilmasini rivojlantirishning bir qismi ekanligini ta’kidladi. Ular butun shaharni shunday tablolar bilan qamrab olishni rejalashtirmoqda.

“Gazeta.uz” urbanistlarga bunday tablolar kerakmi yoki ular haydovchilarni chalg‘itadimi, degan savol bilan yuzlandi.

Internetdagi suratlardan ko‘rishimiz mumkinki o‘zgaruvchan ma’lumot tablolari butun dunyo shaharlarida magistrallarda o‘rnatiladi. Rossiyalik urbanist va bloger Arkadiy Gershman haydovchilarni kutayotgan muammolar haqida oldindan xabardor qilish uchun avtomagistrallar va qishloq yo‘llariga bunday ekranlarni o‘rnatish afzalroq ekanini tasdiqladi.

Shossedagi o‘zgaruvchan ma’lumot tablosi. Foto: Vikipediya.Shossedagi o‘zgaruvchan ma’lumot tablosi. Foto: Vikipediya.

“Shahar chetidagi avtomagistral shahardagi yo‘llardan tezligi yuqoriligi bilan farq qiladi”, — deb tushuntirdi Arkadiy Gershman. “Juda tez-tez uchraydigan holat — ba’zi mashinalar yengil to‘qnashadi, shundan so‘ng ular harakatlanish bo‘lagida qoladi va boshqa bir kishi to‘xtash yoki yo‘lni o‘zgartirishga ulgurmagani uchun ular bilan to‘qnashadi. Bundan tashqari, baxtsiz hodisani tahlil qilish (aybdorni aniqlash, haydovchilarni o‘zaro bahsi) uzoq va murakkab vazifadir. Ba’zida bunday hodisalar tufayli tirbandliklar juda cho‘zilib ketadi va haydovchilarni 20−30 kilometr va undan ko‘proq masofadan aylanma yo‘l izlashlari uchun oldindan ogohlantirgan ma’qul. Bu yuklamani bir tekis taqsimlash va tirbandlikda vaqtni behuda o‘tkazmaslik imkonini beradi”

Arkadiy Gershmanning so‘zlariga ko‘ra, shaharda bunday tablolarni o‘rnatishning afzalliklaridan ko‘ra ko‘proq kamchiliklar mavjud. Ulkan LED displeylar shahar landshaftini katta qismini egallab oladi va uni buzadi. Ekranlarni sotib olish, ularni o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish juda ko‘p pul talab qiladi.

рақамли rivojlanish departamenti, elektron tablolar

“Shaharda haydovchilar odatda navigatorlardan foydalanadilar, bu esa yo‘llarda harakatlanishni osonlashtiradi va ular bildirishnomalarni tezroq oladilar”, — deydi urbanist.

Transport vazirligi huzuridagi Toshkent transport tizimini kompleks rivojlantirish loyiha byurosi maslahatchisi, yo‘l harakati boshqaruvi mutaxassisi Andrey Baginovning aytishicha, Rossiyada o‘zgaruvchan ma’lumot tablolari ko‘proq aholi punktlaridan tashqarida joylashgan. Ular haydovchilarni hozirgi yo‘l holati haqida xabardor qiladi. Katta shaharlarda tablolar shahar magistrallari bo‘ylab ma’lum vaqt oralig‘ida yoki murakkab chorrahalardan oldin joylashgan.

Andrey Baginovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Rossiya yo‘l xizmatlarida mobil dinamik ma’lumotlar taxtasi va o‘zgaruvchan ma’lumot belgilaridan ko‘proq foydalanilmoqda.

Foto: DorplyusFoto: Dorplyus

Ular qurilish maydonchalari yaqinida va ta’mirlash ishlari olib boriladigan joylarda o‘rnatiladi. Bunday hududlarda ish munosabati bilan transport harakati o‘zgarishi mumkin. Ko‘pincha texnologiya haydovchilarni yaqinlashib kelayotgan o‘zgarishlar haqida ogohlantirish uchun ish boshlanishidan oldin qo‘llaniladi. Mobil tablolar ommaviy tadbirlarda ham qo‘llaniladi. Ular yo‘l yopiqligini yoki piyodalar qayerga borishi kerakligini ko‘rsatadi. Bu navigatsiya va xavfsizlik nazoratini soddalashtiradi.

Andrey Baginovning qo‘shimcha qilishicha, shaharlarda elektron tablolar transport oqimini passiv boshqarishi mumkin. Biroq, bunday texnologiyalar harakatni tashkil etish va uning xavfsizligini oshirishda samarali bo‘lishi uchun tablolar davlat standartlariga mos kelishi kerak va ular shahar qurilish normalariga muvofiq o‘rnatilishi kerak. Bunda ekranning yorqinligini, belgi va matnlarning o‘lchamini, shuningdek, displeyning yerdan balandligi va yo‘ldagi boshqa obyektlar — svetoforlar, yo‘l belgilari va boshqalardan masofani hisobga olish kerak.

“Hech kim o‘z derazasi tagida haftada 7 kun 24 soat ekran porlashini xohlamaydi. Shuning uchun tablolarni o‘rnatishda turar-joy binolarining yaqinligini ham hisobga olish kerak”, — dedi Andrey Baginov.

Shaharsozlik bo‘yicha mutaxassis Bobur Sirojevning fikricha, tablolar yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etish uchun videokameralar o‘rnatiladigan ustunlar kabi “P” shaklidagi konsollardan foydalanadi.

рақамли rivojlanish departamenti, elektron tablolar

“Keyin bu konstruksiyalarga bir kun kelib ishlanay qoladigan LED panellar o‘rnatiladi. Ularni sozlash va dolzarb ma’lumotlarni namoyish qilish foydali bo‘ladi, chunki ustunlar allaqachon mavjud va ularda ekranlar o‘rnatilgan”, — dedi Bobur Sirajev.

Biroq, urbanistlarning tabloda namoyish etilishi rejalashtirilgan kontentga e’tirozlaribor. Raqamli rivojlanish bo‘limi allaqachon tablolar bo‘yicha 10 dan ortiq turdagi ma’lumotlarni namoyish etmoqda. Bularga dispetcherlik xizmatlarining aloqalari, ob-havo ma’lumotlari, tez yordam mashinalariga yo‘l berish kerakligi haqidagi eslatma, ijtimoiy tarmoqlardagi haydovchilar guruhlarining xabarlari, shuningdek, turli statistik ma’lumotlar — qancha daraxt betondan tozalangani, qaysi avtomobil modellari ko‘proq baxtsiz hodisalarga duchor bo‘lishi kabi ma’lumotlar kiradi.

рақамли rivojlanish departamenti, elektron tablolar

рақамли rivojlanish departamenti, elektron tablolar

рақамли rivojlanish departamenti, elektron tablolar

Urbanistlarning fikricha, kontent miqdorini kamaytirish mumkin, bunda faqat eng muhimlarini qoldiriladi. Ularning ta’kidlashicha, tablo odatda biron hodisadan haydovchilarni oldindan xabardor qilish kerak bo‘lganda yoqiladi. Uni ishlayotganini bildirish uchun kichik nuqta yoki soat namoyish etib turiladi. Arkadiy Gershmanning so‘zlariga ko‘ra, turli xil ma’lumotlarning chiqishini oddiy shahar reklama tablolariga yoki ijtimoiy tarmoqlarga o‘tkazishi mumkin.

Bobur Sirajev tablolarni po‘lat konstruksiyali ustunlarga o‘rnatish o‘rniga yo‘l o‘tkazgichlarning old qismlari va tunnellarning yuqori qismiga o‘rnatishni maslahat berdi. Bu “P” shaklidagi konstruksiyaga tablolarni o‘rnatish xarajatlarni kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, po‘lat konstruksiyalar shahar atrofini vizual ravishda “ifloslantiradi”.

рақамли rivojlanish departamenti, elektron tablolar

Mutaxassislar o‘zgaruvchan ma’lumotlar tablolarining o‘rnatilishini avtomobil yo‘llari uchun yaxshi yangilik deb hisoblashadi. Ular shaharlarda mas’ul idoralardan yo‘l harakatini tashkil etishdagi mavjud quyidagi muammolarga e’tibor berishni so‘rashdi: yo‘llar sifati, svetoforni tartibga solish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishida yo‘l harakati xavfsizligi nazorati.

“Xuddiki biz aravaning g‘ildiragini yo‘qotdik, ammo uni qidirish o‘rniga dvigatelni yangilashga qaror qilyapmiz”, — deya xulosa qildi Andrey Baginov.