1-yanvar kuni Yaponiyaning markaziy qismidagi Noto yarimoroli va uning atrofidagi hududlarda ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida kamida 64 kishi halok bo‘ldi, hamon qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Bu haqda Kyodo News xabar bermoqda.

7,6 magnitudali zilzila Ishikava prefekturasidagi Vajima shahrida keng ko‘lamli vayronagarchilik va yong‘inlarga sabab bo‘ldi, davom etayotgan zilzilalar qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Shaharda yetti qavatli bino qulab tushgan, markaziy hududda kuchli yong‘in sodir bo‘lib, 200 dan ortiq binolarni qamrab olgan. Rasmiylarga ko‘ra, Vajima shahrida odamlar vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin. Yetti jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Zilzila tufayli Niigata, Toyama, Fukui va Gifu prefekturalarida ham vayronagarchiliklar qayd etilgan.

Yapon dengizi bo‘yidagi katta hududlar uchun bir kun avval e’lon qilingan sunami xavfi 2-yanvar kuni ertalab bekor qilingan.

Bosh vazir Fumio Kishida chorshanba kungi matbuot anjumanida hukumat tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan mintaqada ishlayotgan xodimlar sonini 1000 nafardan 2000 nafargacha oshirishga qaror qilganini aytdi.

Zilzila oqibatlari Reuters fotolarida

zilzila, япония

zilzila, япония

zilzila, япония

zilzila, япония

zilzila, япония

zilzila, япония

zilzila, япония

zilzila, япония

zilzila, япония