Oliy Majlis huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi vazirliklarning axborot jihatdan ochiqligi bo‘yicha monitoring o‘tkazdi va reyting tuzdi.
Reytingni tuzish uchun 2023-yil yanvaridan dekabrigacha O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining 50 ta eng ko‘p o‘qiladigan elektron milliy OAVdagi chiqishlari monitoring qilingan. Reyting ko‘rsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari to‘g‘risida chop etilgan maqolalar va ko‘rishlar soni, shuningdek, tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar, Adliya, Ichki ishlar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari faoliyati axborot jihatdan ochiqlik talablariga mos kelgan holda yuqori o‘rinlarni egallagan, Transport, Tog‘-kon sanoati va geologiya hamda Madaniyat vazirliklari eng quyi ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
Umumiy reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining reytingdagi o‘rni va кўрсаткичлари:
- Raqamli texnologiyalar vazirligi — 0.9643
- Adliya vazirligi — 0.9617
- Ichki ishlar vazirligi — 0.8089
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 0.7196
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 0.5907
- Energetika vazirligi — 0.5892
- Sog‘liqni saqlash vazirligi — 0.5753
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi — 0.5722
- Tashqi ishlar vazirligi — 0.5651
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi — 0.5603
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 0.4882
- Mudofaa vazirligi — 0.4343
- Qurilish vazirligi — 0.4166
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — 0.3968
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 0.3936
- Yoshlar siyosati va sport vazirligi — 0.3655
- Suv xo‘jaligi vazirligi — 0.3544
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 0.3308
- Transport vazirligi — 0.2674
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi — 0.2368
- Madaniyat vazirligi — 0.1575
Qayd etilishicha, vazirliklar to‘g‘risida 2023-yilda elektron OAVda e’lon qilingan maqolalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan sezilarli o‘sgan. Shu bilan birga, tanqidiy munosabatlar nisbatida pasayish kuzatilmagan.