O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan bino yoki avtomashinani ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun eng kam ijara haqi stavkasi oshiriladi. Bu parlament tomonidan qabul qilingan va prezident tomonidan imzolangan kelasi yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunda qayd etilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2024-yilda ijaraning eng kam stavkalarini 11,1 foizdan 47 foizgacha oshirish rejalashtirilgan. Ushbu stavkalar jismoniy shaxslarning binolarni yoki avtomobilni ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga soliq solish uchun ishlatiladi.

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar kengashlari hududlarning ommaviy dam olishga va (yoki) turizmga ixtisoslashgan ayrim joylarida mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentlarni joriy etishga haqli (3 baravargacha).

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov stavkalar oshishi haqidagi savolga javob berar ekan, Toshkent shahridagi ijara bozori tahlili o‘tkazilganini ma’lum qildi. Aniqlanishicha, bugungi kunda poytaxtda 1 kvadrat metr joy o‘rtacha 6 dollarga (70−80 ming so‘m), viloyat markazlarida esa 3 dollarga ijaraga olinadi. Toshkent shahrida stavka qariyb 50 foizga oshganiga qaramay, minimal stavka bozor kursidan uch barobar past — kvadrat metr uchun 25 ming so‘m etib belgilangan.

“Oshgan taqdirda ham, stavka bozor narxidan uch barobar past bo‘ladi. Har bir tumanda mahalliy hokimliklar o‘z hududidagi narxlarni hisobga olgan holda stavkani 3 barobargacha oshirishi va mahalliy budjetga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirishi mumkin”, — dedi u.

Bu stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalar uchun ham (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalar bundan mustasno) amal qiladi.

2024-yildan boshlab yangi stavkalar (qavs ichida avvalgilari)

”davlat