«qur’a» tegli maqolalar


OCHL nimchorak finalida “Nasaf” “Al Ayn” bilan, “Navbahor” esa “Al Ittihod” bilan o‘ynaydi
28 dekabr 2023, 14:17

OCHL nimchorak finalida “Nasaf” “Al Ayn” bilan, “Navbahor” esa “Al Ittihod” bilan o‘ynaydi

Malayziya poytaxtida Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘ldi. “Nasaf” mazkur bosqichda BAAning “Al Ayn” jamoasi bilan o‘ynasa, “Navbahor” Karim Benzema yetakchiligidagi “Al Ittihod”ga qarshi maydonga chiqadi.

Futbol: O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
23 noyabr 2023, 15:15

Futbol: O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Dohada U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi uchun qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Vetnam, Kuvayt va Malayziya bilan birga “D” guruhidan joy oldi. Musobaqa 2024-yilning 15-aprelidan 3-mayigacha Qatarda o‘tkaziladi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 jamoasining JCH guruh bosqichidagi raqiblari aniq bo‘ldi
16 sentabr 2023, 09:48

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 jamoasining JCH guruh bosqichidagi raqiblari aniq bo‘ldi

Syurix shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Uning natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhida Ispaniya, Kanada va Mali jamoalari bilan kuch sinashadi.

U-20 jahon chempionatiga qur’a tashlandi: O‘zbekiston guruhda mezbon Argentinaga qarshi o‘ynaydi
22 aprel 2023, 11:52

U-20 jahon chempionatiga qur’a tashlandi: O‘zbekiston guruhda mezbon Argentinaga qarshi o‘ynaydi

Juma kuni Shveysariyada U-20 jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Osiyo chempioni sifatida qatnashayotgan O‘zbekiston yoshlar jamoasi turnir mezboni — Argentina joy olgan A guruhidan o‘rin egalladi. Bu guruhda, shuningdek, Gvatemala va Yangi Zelandiya jamoalari ham bor.

2021 yilgi Pro liga o‘yinlariga qur’a tashlandi
12 mart 2021, 22:45

2021 yilgi Pro liga o‘yinlariga qur’a tashlandi

O‘zbekiston Pro ligasi 2021 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlandi. Marosimda liga musobaqasi uchun tarixda ilk bor elchilar ham tayinlandi. Bloger va yumorist Elmurod Haqnazarov hamda «Sahar» musiqa guruhi vakili Anvar Jo‘rayev mazkur turnirning elchilari bo‘ladi. Bundan tashqari, «Sahar» guruhi Pro liga musobaqasining madhiyasini tayyorlayotgani ham aytildi.

Yevropa Chempionlar Ligasi final bahslariga qur’a tashlandi
10 iyul 2020, 16:31

Yevropa Chempionlar Ligasi final bahslariga qur’a tashlandi

Shveysariyaning Nyon shahrida joylashgan UEFA qarorgohida Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumining final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan bahslarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, final o‘yinida Atalanta, PSJ, Leypsig va Atletiko Madrid jamolaridan biri aniq qatnashadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting