«hududgazta’minot» tegli maqolalar


Havo sovishi sabab gaz “zapravka”larning ish grafigi o‘zgarishi mumkin
15 fevral 2024, 14:42

Havo sovishi sabab gaz “zapravka”larning ish grafigi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 16−18-fevral kunlari havo haroratining keskin pasayishi sabab AGTKSHlar ish grafigiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. “Hududgazta’minot” haydovchilardan avtomobillarni yonilg‘i bilan to‘ldirib olishni so‘radi.

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”
15 dekabr 2023, 15:35

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”

“Hududgazta’minot” kompaniyasi O‘zbekistonda gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun kiritilgan cheklovlar yumshatilganini ma’lum qildi. AGTKSHlar “mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida” ishini tiklaydi.

Toshkent shahri va 5 viloyatdagi gaz “zapravka”larning yarmi ishlashni to‘xtatdi
13 dekabr 2023, 12:17

Toshkent shahri va 5 viloyatdagi gaz “zapravka”larning yarmi ishlashni to‘xtatdi

Toshkent shahri va O‘zbekistonning besh viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining yarmi vaqtincha yopildi. 13-dekabrdan ushbu hududlarda 1179 ta shoxobchadan 547 tasi ishlamoqda.

“Iste’molchilarga gaz to‘liq yetkazib berilyapti, yetishmovchilik yo‘q” — “Hududgazta’minot”
11 dekabr 2023, 11:58 1

“Iste’molchilarga gaz to‘liq yetkazib berilyapti, yetishmovchilik yo‘q” — “Hududgazta’minot”

O‘zbekistonda iste’molchilarga gaz to‘liq yetkazib berilyapti, yetishmovchiliklar yo‘q, deya ta’kidladi “Hududgazta’minot”. Kompaniya fuqarolardan gaz jihozlarini faqat zarurat tug‘ilganda ishlatishni, uydan chiqayotganda imkon qadar isitish moslamalarini o‘chirishni so‘radi.

“Barcha AGTKSHlar uchun sotuv narxi bir xil”. Energetika vaziri ayrim “zapravka”lar uchun imtiyozlar borligini rad etdi
13 sentabr 2023, 11:14

“Barcha AGTKSHlar uchun sotuv narxi bir xil”. Energetika vaziri ayrim “zapravka”lar uchun imtiyozlar borligini rad etdi

Jo‘rabek Mirzamahmudov ba’zi gaz quyish shoxobchalari uchun imtiyozli narxlar borligi haqidagi savolga javob berdi. Davlat yetkazib beruvchilari barcha “zapravka”larga gazni yagona narxda sotadi, dedi energetika vaziri.

Italiya kompaniyalari O‘zbekistonda gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi
30 mart 2023, 16:31

Italiya kompaniyalari O‘zbekistonda gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi

“Hududgazta’minot“ kompaniyasi Italiyaning Pietro Fiorentini kompaniyasi bilan O‘zbekiston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiradi. Loyiha Italiyaning eksport-kredit agentligi tomonidan 200 mln yevro miqdorida moliyalashtiriladi.

O‘quvchilar «Gazeta.uz»dan gaz bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam so‘ramoqda
13 yanvar 2023, 19:03

O‘quvchilar «Gazeta.uz»dan gaz bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam so‘ramoqda

«Gazeta.uz» reportaji tufayli Toshkentdagi «Xast imom» mahallasida gaz bosimi muammosi hal etildi. Bu haqdagi xabardan so‘ng tahririyatga shunga o‘xshash vaziyatda yordam so‘rab murojaatlar kela boshladi. Biz har bir holatni batafsil yoritolmaymiz, ammo o‘quvchilardan kelgan murojaatlarni e’lon qilishga tayyormiz.

«Hududgazta’minot» Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olindi
11 dekabr 2022, 23:19

«Hududgazta’minot» Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olindi

Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov rahbarligida o‘tkazilgan energiya resurslari bo‘yicha yig‘ilishda bir qancha soha rahbarlari, xususan, «Hududgazta’minot» Toshkent viloyati filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi ochilgani va qamoqqa olingani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda 14 ming iste’molchi vaqtincha gazsiz qoldi, 79 minggida esa bosim pasaydi
5 dekabr 2022, 16:02

O‘zbekistonda 14 ming iste’molchi vaqtincha gazsiz qoldi, 79 minggida esa bosim pasaydi

4 dekabrda havo haroratining keskin pasayishi va qor yog‘ishi ortidan 14 ming iste’molchi gazsiz qoldi, 516 ta mahallada esa gaz bosimining pasayishi kuzatildi. «Hududgazta’minot» aholini gazdan oqilona foydalanishni, uydan chiqayotganda isitish moslamalari haroratini pasaytirishni iltimos qildi.

Iste’molchilar gazdan uzilishi mumkinligi haqida SMS-xabarnoma olayotganiga izoh berildi
18 avgust 2022, 11:37

Iste’molchilar gazdan uzilishi mumkinligi haqida SMS-xabarnoma olayotganiga izoh berildi

Shu kunlarda tabiiy gaz iste’molchilariga tarmoqdan uzilishi haqida SM-xabarnomalar kelmoqda. «Hududgazta’minot» ma’lum qilishicha, gaz uskunalarini masofadan nazorat qiluvchi yangi dasturiy ta’minot ishga tushgan va uning yordamida uskunalari texnik nazoratdan o‘tmagan xonadon egalari ogohlantirilmoqda.

Toshkent tumanlaridan biridagi gaz hidiga me’yoridan ortiqcha odorant qo‘shilgani sabab bo‘lgan
10 avgust 2022, 22:12

Toshkent tumanlaridan biridagi gaz hidiga me’yoridan ortiqcha odorant qo‘shilgani sabab bo‘lgan

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi chorshanba kuni ertalabdan kvartiralar, uylar, pod’ezdlar, ofis binolari va gaz taqsimlash punktlarida kuchli gaz hidi kelayotganidan shikoyat qilishdi. Tuman hokimligi bunga tabiiy gazga me’yoridan ortiqcha odorant qo‘shib yuborilgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Kvartirada yashovchilar gaz uchun to‘lovni fuqaro soniga qarab to‘lashi yoki eski hisoblagichlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi
9 avgust 2022, 16:05

Kvartirada yashovchilar gaz uchun to‘lovni fuqaro soniga qarab to‘lashi yoki eski hisoblagichlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi

«Hududgazta’minot» kompaniyasining tushuntirishicha, markaziy issiqlik ta’minotiga ulangan 11,5 ming ko‘p qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish qarori xonadonlarga hisobdonlarning o‘rnatilishi noqulayligi va tabiiy gazdan kam foydalanadigan fuqarolarning murojaatlari asosida qabul qilingan.

Gaz hisoblagichlarni o‘rnatishni oktabr oyiga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda
8 avgust 2022, 18:24

Gaz hisoblagichlarni o‘rnatishni oktabr oyiga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda

Navoiy va Buxoro viloyatlarida hamda Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan hamda tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lmagan 11,5 mingta ko‘p qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlar ushbu uylarning kirish qismidagi umumiy gaz quvurlariga o‘rnatiladi.

O‘zbekiston bo‘ylab svet, gaz va ichimlik suvi to‘liq tiklandi
28 yanvar 2022, 14:54

O‘zbekiston bo‘ylab svet, gaz va ichimlik suvi to‘liq tiklandi

Energetika vazirligi O‘zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanganini xabar berdi. «Hududgazta’minot» va «O‘zsuvta’minot» ham tabiiy gaz hamda ichimlik suvi ist’emolchilarga avvalgidek yetkazib berilayotganini ma’lum qildi.

Gazdan qarzi borlar vaqtincha tarmoqdan uzilmaydi
25 yanvar 2022, 19:41

Gazdan qarzi borlar vaqtincha tarmoqdan uzilmaydi

«Xududgazta’minot» kompaniyasi tabiiy gazdan qarzdorlik uchun avtomatik ravishda o‘chirish vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi (ro‘yxat)
22 noyabr 2021, 10:55

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi (ro‘yxat)

Dushanba kuni poytaxtning 4 ta tumanida gaz quvurini qayta ulash ishlari rejalashtirilgani sababli ayrim hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Chilonzorda yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi tafsilotlari ma’lum qilindi
4 oktabr 2021, 14:36

Chilonzorda yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi tafsilotlari ma’lum qilindi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi yangi qurilayotgan uyda gaz portlashi kvartiraning gaz ta’minoti tizimiga ruxsatsiz ulanishi oqibatida yuz berdi, deya ma’lum qildi «Hududgazta’minot». Aniqlik kiritilishicha, bino hali foydalanishga topshirilmagan.

Ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — «Hududgazta’minot»
29 sentabr 2021, 13:51

Ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — «Hududgazta’minot»

«Hududgazta’minot» endilikda ogohlantirishsiz gaz o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hozirda xonadonlarga 2 mln ga yaqin elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilgan va qarzdorlik haqida SMS-xabarnoma yuborilib, iste’molchiga 5 kun muddat beriladi.

«Hududgazta’minot» Andijonda gaz hisoblagich portlaganiga izoh berdi
25 sentabr 2020, 09:30

«Hududgazta’minot» Andijonda gaz hisoblagich portlaganiga izoh berdi

Andijondagi xonadonlardan birida «Texnopark» kompaniyasining aqlli gaz hisoblagichi portladi. «Hududgazta’minot» portlashga hisoblagich ichida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting