Qonun bilan elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘irlik deb belgilandi. MJtK va JKga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endi ushbu jinoyatni sodir etganlar 6 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi yoki 5 yilga qamalishi mumkin.
«Gazprom» Markaziy Osiyo orqali Xitoyga gaz yetkazib berish hajmini yiliga 20 milliard kub metrgacha oshirishi mumkin.
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importi 1 martdan boshlanmaydi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Ishchi guruhlar imzolangan «yo‘l xaritasi» doirasida o‘rganishni davom ettirmoqda. Hozircha aniq kelishuvga erishilmagan.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlaridagi ayrim iste’molchilar vaqtincha tabiiy gazdan uzildi. Bunga ta’mirlash ishlari sabab qilib ko‘rsatilgan.
Turkmanistondan O‘zbekistonga yordam sifatida yuborilgan 2 ming tonna bepul suyultirilgan gazning yarmi Qoraqalpog‘iston aholisiga tarqatilmoqda. Qolgan ming tonna gaz Xorazm viloyatiga yuboriladi.
O‘zbekistondagi konlarga xorijiy kompaniyalarni jalb qilish ishlariga parlamentning ham mas’ul bo‘lishi — har qanday ehtimoliy ta’sirlarning oldini oladi, deb hisoblaydi Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov. «Gaz va energiya kompaniyalari parlament oldida hisobdor bo‘lishi kerak», — dedi u.
Prezident qaroriga asosan «svet», gaz va suvdan noqonuniy foydalanishni o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilash kutilmoqda, huquq-tartibot organlariga tegishli qonunni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. O‘zenergoinspeksiyaga ushbu resurslardan noqonuniy foydalangan mansabdorlarga jazo qo‘llash vakolati berilmoqda.
Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda elektr va gaz tarmoqlarida yuklama oshgan taqdirda, yangi iste’molchilarga ulanish taqiqlanadi. Bundan tashqari, sohadagi huquqbuzarliklar yuzasidan tuzilgan dalolatnomalar elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston barcha gaz va neftga oid eksklyuziv huquqni Rossiyaga qarashli kompaniyaga 35 yilga bergani haqidagi ma’lumotni rad etdi. «Ekspluatatsiyada bo‘lgan konlarning asosiy qismi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli», — dedi u.
O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirlari hamda «Gazprom» rahbari Sankt-Peterburgda yig‘ilish o‘tkazib, gaz sohasida uch tomonlama hamkorlikni muhokama qildi.
O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev may oyida elektr energiyasi va gaz narxlarining erkinlashtirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu chora bir necha yildan beri kechiktirib kelinadi.
Turkmanistondagi «Galkinish» konida yuz bergan avariya va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishda kuzatilgan uzilishlar sabab «Turkmangaz» konsernida bir necha kishi hibsga olingani xabar qilindi. O‘zbekiston Energetika vazirligi uzilish uchun Turkmanistondan kompensatsiya talab qilingani haqidagi xabarni rad etdi.
O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta Volkswagen Caddy «Tez yordam» mashinasi sovg‘a qildi. O‘z navbatida, Turkmanistondan suyultirilgan gaz partiyasi yetib keldi va uni ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlash rejalashtirilgan.
Yanvarda O‘zbekistonda ulgurji iste’molchilar tomonidan 85 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 614 ta holat aniqlandi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Xususan, AGTKSlarda 20 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ularda 76,8 mlrd so‘mlik gazdan foydalanilgan.
Shavkat Mirziyoyev hafta davomida gaz quyish shoxobchalariga gaz yetkazib berish hajmi 5 barobarga oshirilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi va Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi. Bundan bir hafta avval Gazprom Qozog‘iston bilan ham shunday hujjat imzolagan edi.
2022 yilda O‘zbekistonning Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi 1,07 mlrd dollarni tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 33,9 foizga ko‘pdir.
Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar va «Gazprom» rahbari Aleksey Miller Qozog‘istonga Rossiya gazini yetkazib berish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi.
Toshkentda gaz quvurlarining o‘tkazuvchanlik imkoniyati oshirilishi va ob-havo sharoiti yaxshilanishi munosabati bilan gaz bosimi oshishi kutilmoqda, deya ma’lum qildi «Hududgazta’minot». Aholidan qozonxona va gaz plitalarini tekshirib turish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etish so‘ralmoqda.
Turkmaniston sovuq ob-havo tufayli yuzaga kelgan texnik sabablarga ko‘ra 12 yanvardan boshlab O‘zbekistonga gaz eksportini to‘xtatdi. Yaqin vaqt ichida gaz yetkazib berish qayta tiklanishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» shuningdek, Rossiya bilan gaz bo‘yicha muzokaralar olib borilishini aniqladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting