Beeline uyali aloqa operatori Toshkent markazidagi — Amir Temur maydoni yonida joylashgan bosh ofis binosini sotishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi.

Sotish qarori “boshqa binoga ko‘chib o‘tish munosabati bilan” qabul qilingan.

Beeline egallagan bino 1988-yilda qurilgan va 2014-yilda rekonstruksiya qilingan. Mulk 6 qavatdan iborat. Umumiy maydoni 14 739 kv. m., shuningdek, 75 o‘rinli yerusti parkovkasi mavjud. Narx bo‘yicha ma’lumot keltirib o‘tilmagan.

beeline, аmир теmур maydoni, тошкент

Boshqa binoga ko‘chib o‘tish sababli Shayxontohur tumani Qoratosh massivi manzilida joylashgan 3 qavatli ofis binosi ham sotilmoqda. Muassasa 2010-yilda qurilgan va 2015-yilda rekonstruksiya qilingan. Umumiy maydoni 2595 kvadrat metrni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Amir Temur maydoni yonidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” ofislari joylashgan ofis binolari “Mikrokreditbank” (MKBank) tomonidan 387 mlrd so‘mga sotib olingandi. Ularning umumiy maydoni 11 011 kvadrat metrga teng.