1-noyabrdan Toshkent shahri jamoat transportida yo‘l haqi naqd yoki bank kartasi orqali to‘lashda 1400 so‘mdan 2000 so‘mgacha, ATTO transport kartasi bilan to‘lov amalga oshirilganda esa 1700 so‘mgacha oshirilishi xabar qilingandi. “Toshshahartransxizmat” yo‘lkira haqi naqd to‘lansa, 2000 so‘m, barcha turdagi bank kartalari va ATTO transport kartasidan to‘lansa, 1700 so‘m bo‘lishini ma’lum qildi.

Bunda bank kartalari orqali to‘lanadigan yo‘l haqi miqdori 2000 so‘m emas, ATTO transport kartasidan to‘langanidagi kabi 1700 so‘m bo‘lishi belgilangan.

“Yo‘lovchilar ATTO transport kartalarini ishlatgan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansa, yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘laydi. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba ma’lum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qilgan “Toshshahartransxizmat”.

Shuningdek, transport kartalarining kunlik tariflari narxlari quyidagicha belgilangan:

атто, bank kartalari, jamoat transportи, yo‘lkira

Transport kartalari uchun 1 soatlik almashish tariflari esa quyidagicha:

атто, bank kartalari, jamoat transportи, yo‘lkira

Ma’lumot o‘rnida, moslashuvchan tariflar aprel oyidayoq joriy etilishi kerak edi. Biroq xalq deputatlari shahar kengashi “tariflarning oshishiga keskin qarshi” chiqqan. Deputatlar islohotni 1-avgustga qoldirgan, ammo bu muddat orqaga surilgandi. “Gazeta.uz” iyun oyidagi maqolasida rejalashtirilgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot bergan.