3-oktabr kunidan boshlab, 3M-sonli “Xalqaro aeroport” bekatini ko‘prik yo‘li orqali Yakkasaroy tuman IIB bekati bilan bog‘lovchi 2 ta mikroavtobuslar harakatlanuvchi vaqtinchalik bepul yo‘nalish tashkil etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ta’mirlanayotgan ko‘prik orqali avtobus va yuk mashinalarining harakati cheklangandi. Shu munosabat bilan 10 ta avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi.

Avvalroq Toshkent metropolitenining “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari 26-avgustdan boshlab 4 oyga profilaktik ishlar sababli yopilgandi. Shu munosabat bilan “Turkiston-Yunusobod-Shahriston” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yilgandi.