2023-yilda O‘zbekistondagi maktablar uchun yangi darsliklar nashr etish maqsadida budjetdan 920 milliard so‘m ajratildi. Shuningdek, boshlang‘ich sinflar uchun “to‘liq yangi” darsliklar ishlab chiqildi. Bu haqda 28-avgust kuni prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilingandi.

Lekin O‘zbekiston maktablarida yangi 2023/2024 o‘quv yili boshlanganiga 2 haftadan oshganiga qaramay ayrim maktab o‘quvchilari hamon ba’zi darsliklarsiz ta’lim olmoqda. Bu haqda ota-onalar va o‘qituvchilar ijtimoiy tarmoqlarda yozishmoqda.

Ularning ta’kidlashicha, o‘quvchilarga u yoki bu fanning darsligi berilmagan yoxud yangi darslik o‘rniga eskisi topshirilgan. “Gazeta.uz” ushbu masalada e’tirozlar aks etgan postlarni yig‘di.

Foydalanuvchilarning bir qismi yangi va eski darsliklar bilan bog‘liq chalkashliklar borasida yozishgan.

Yuqoridagi postlarning izohlarida ham bir qancha foydalanuvchilar xuddi shunday holatga guvoh bo‘lishayotganini yozgan.

Faollar nima deydi?

Iqtisodchi Otabek Bakirov ushbu masalada rasmiy munosabatlar yo‘qligi bu mavzu tabuga aylantirilgani sabab ekanini taxmin qiladi.

“O‘tgan yili darsliklar ijarasi keskin qimmatlagani bilan bog‘liq masala bir dumalab yangi darsliklarni yaratish va davlat buyurtmalarini boshqatdan taqsimlash va yangi benefitsiarlar tarafidan o‘zlashtirish tomon burilib ketdi. Bir yil avval darsliklar muammosiga oid muhokamalar rasmiy propaganda vositalaridan tortib elektron OAVlargacha asosiy o‘rinni egallagan bo‘lsa, bugun endi ijtimoiy tarmoqlarni hisobga olmasa deyarli hamma jim. Shunaqa tasavvur uyg‘onadiki, endi darsliklar mavzusi, agar masala muammolarga taqalsa, taqiqda, tabuda”, — deydi u.

“Darslik yetishmovchiligi butun o‘rta ta’limni — tanlangan elita uchun hisoblangan prezident maktablari, puli borlarga mo‘ljallangan xususiy maktablar va ijtimoiy adolatsizlik namunasiga aylangan davlat maktablarini qamragan. Kimdir kserokopiyalardan, kimdir elektron variantlardan foydalanmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yo‘llangan savollar Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vazirligiga ro‘para qilingan. Markaz esa vazirlikka strelka ko‘rsatgan”, — deb yozadi Bakirov.

Jurnalist Ilyos Safarov yozishicha, ota-onalar o‘z puliga kitoblar chiqarib olishga majbur bo‘lmoqda.

”darsliklar,

Qobul Do‘sov esa darsliklardagi xatolik va ba’zi topshiriqlar kichik sinflar uchun juda qiyinligiga etibor qaratgan. Xususan, darsliklarning birida qo‘l ta’m bilish a’zosi, til esa sezish a’zosi sifatida keltirilgan. Yana bir darslikda o‘quvchidan son nurini chizish so‘ralgan.

Foto: Qobul Do‘sov sahifasidan

“Sentabr oyining o‘rtasida fin tajribasini o‘rganib shu daraja yetdik-ki, sonlarni nurini chizayapmiz”, — deb yozadi Do‘sov.

Uning yozishicha, 2-sinflarning yana bir darsligida ikki o‘rkachli tuya yana qanday atalishini topish so‘ralgan.

darsliklar, maktab ta’limi vazirligi, finляндия ta’lim тизими, xalqaro тажриба

Keyingi surat esa 4-sinf darsligidan.

darsliklar, maktab ta’limi vazirligi, finляндия ta’lim тизими, xalqaro тажриба

Facebook`dagi “Potrebidel.Uz” sahifasida esa tarixiy obidalar joylashgan hudud va ularning nomlarida xatolar ham kuzatilganini yozishdi. Mazkur post esa keyinroq o‘chirib tashlandi.

darsliklar, maktab ta’limi vazirligi, finляндия ta’lim тизими, xalqaro тажриба

Bu esa Toshkentdagi maktablarning birida 1-sinf o‘quvchilari uchun berilgan darslik.

Bundan tashqari, ta’lim eksperti Komil Jalilov boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yangi darsliklardagi boshka xatolarga e’tibor qaratgan. Quyida keltirilgan suratda Alifbo`dan nafaqat L harfi tushib qolgan, balki endigina harf tanishni boshlagan bolalar uchun she’r ham yozilganini ko‘rish mumkin.

darsliklar, maktab ta’limi vazirligi, finляндия ta’lim тизими, xalqaro тажриба

“Sizningcha, o‘zi uchun yangi tilni endi o‘rganishni boshlagan, endigina bu til alifbosidagi harflarni tanigan o‘quvchi uchun mana bu she’r va topishmoqlar qay darajada tushunarli? O‘zbek tilida endi alifboni tugatgan rusiyzabon (tojik, qozoq va hokazo) bola uchun „aqlni sarf qil“, „go‘yo“, „buyuk erur“, „adashtirmagin“, „zinhor“, „savod“, „bo‘lsin yor“ jumlalari, inversiya ishtirok etgan gaplar tushunarlimi? „tuk“, „po‘k“, „cho‘qolmas“, „marjon-marjon“, „shapaloq“, „yeb ko‘rmadan o‘ylab boq“, „bossa bo‘lar“, „ossa bo‘lar“, „yoqutday“, „taxir“ kabi jumlalarchi? Bu she’r va topishmoqlardan maqsad nima o‘zi?”, — deb yozadi Jalilov.

Qolaversa, mutaxassis o‘zbek tilidagi 1-sinf o‘quvchilariga berilgan she’rlar rus tilidagi 2-sinf o‘quvchilari o‘zbek tilini o‘rganishiga mo‘ljallangan darslikka copy-past qilinganini ham tanqid qilgan.

Jalilov shuningdek, O‘zbekiston maktablari o‘quvchilari qaysi ta’lim standartlari — o‘quv dasturlari asosida tahsil olayotgani bo‘yicha ham savol bilan yuzlangan.

“Bir necha yil oldin prezident farmoni asosida xalqaro donorlar va xorijlik ekspertlarni jalb qilgan holda milliy o‘quv dasturi yaratilgan edi va Prezident farmoni bilan mazkur dastur maktablarga joriy qilinayotgan edi. “Fin tajribasi” degan gap-so‘zlar, Ta’limni rivojlantirish markazi va “Novda” maydonga kirib kelmaguncha. Hozirgi kunda, 1−4 sinflar “Novda”ning “fin tajribasi asosida” deyil (ayot)gan, lekin qaysi standart / dastur asosida yaratilganligi mavhum bo‘lib qolayotgan darsliklari asosida, 5, 8, 9, 11 sinflar 2014−2018-yillarda yaratilgan darsliklar asosida va 6, 7, 10 sinflar Milliy o‘quv dasturiga asoslangan darsliklar bo‘yicha tahsil olmoqda. Bunday paradoksal vaziyat hech bir ta’lim tizimida (hatto ko‘pni ko‘rgan finlarda ham) bo‘lmasa kerak”, — deydi Komil Jalilov.

U masalaning yana bir jihatiga e’tibor qaratib, shunday deydi: “Qizig‘i, o‘tgan yili shu paytlarda darsliklardagi har bir xato (yoki kimlargadir „xato“ bo‘lib ko‘ringan turli blogerlar va auditoriyasi katta Telegram kanallar tomonidan rosa „aylantirilgan“ edi. Bu yil darsliklar muhokamasida bunday faollik kuzatilmaydi negadir”.

Vazirlikning sukuti

Darsliklar yetishmovchiligi borasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘zining rasmiy sahifalarida hech qanday munosabat bildirmadi. “Gazeta.uz”ning vazirlik matbuot kotibiga ushbu masala yuzasidan yuborgan bir nechta so‘rovi esa javobsiz qoldirildi. Darsliklar yetishmovchiligi qachon to‘liq bartaraf etilishi esa so‘roq ostida qolmoqda.

Tahririyat ta’lim tizimidagi yuz berayotgan ushbu vaziyatni kuzatishda davom etadi.