27−30-aprel kunlari Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al Saud homiyligida Islom taraqqiyot banki guruhining (ITB) yillik anjuman yig‘ilishi va oltin yubileyi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlarda xalqaro va mintaqaviy moliya institutlari, Islom banklari, xususiy sektor kompaniyalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari hamda ishbilarmonlar kengashlari delegatlari qatorida ANORBANK vakillari ham ishtirok etmoqda.

anorbank, reklama

Uch kun davomida delegatlar iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini o‘rganmoqda. ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi, unga ko‘ra, bank va XSRIK investitsiya imkoniyatlari va moliyalashtirishni o‘rganish va aniqlashda yaqindan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Xususan, ANORBANK va XSRIK O‘zbekistonda Islom bankini tashkil etish loyihasini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi. XSRIK, ANORBANK va boshqa xorijiy kompaniyalar investitsiya kiritishi kutilayotgan yangi bank O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladi va mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

anorbank, reklama


Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) ko‘p tomonlama rivojlanish moliya instituti bo‘lib, u o‘ziga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Jidda shahrida joylashgan ushbu korporatsiya Islom taraqqiyoti banki (ITB) guruhining bir qismi sanaladi.

anorbank, reklama

O‘z navbatida, ANORBANK ilk mahalliy raqamli tijorat banki hamda O‘zbekistonning eng qimmat brendlaridan biri bo‘lib, u mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha muntazam ravishda yangi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Uning vazifasi vaqtni tejaydigan va mijozlar istaklarini o‘zida mujassam qilgan ishonchli mahsulotlarni yaratishdir.

ANORBANK`ning zamonaviy va foydali mahsulotlari hamda xizmatlari haqida bankning saytida, mobil ilovasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida batafsil ma’lumot taqdim etilgan.

Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank

Reklama huquqlari asosida.