Gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Singapurda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi matbuot xizmati.

Sportchi janubiy koreyalik Yeo Sojongga yutqazib, tayanib sakrash dasturida birinchilikni boy berdi. Uchinchi o‘rin filippinlik Alea Finneganga nasib etdi.

Abdulaziz Mirvaliyev ham tayanib sakrash yo‘nalishida 14,083 ball bilan terma jamoa hisobiga kumush medal keltirdi. Birinchi o‘rinni filippinlik sportchi Karlos Yulo — 14,299 ball, uchinchi o‘rinni Janubiy Koreya sportchisi Jayexo Kim — 13,766 ball bilan egalladi.