Samarqand viloyatida 36 yoshli erkak 3 nafar voyaga yetmagan farzandini (2 ta qiz va 1 ta o‘g‘il) oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirdi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bunga erkak Isroil davlatida ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Farzandlarini o‘ldirgandan so‘ng u oshxona pichog‘i bilan tanasining chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib o‘ziga tan jarohati yetkazgan. Hozirda u shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.