«nurafshon» tegli maqolalar


Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev ishdan olindi
10 aprel 2023, 16:06

Nurafshon shahri hokimi Muzaffar Soliyev ishdan olindi

Toshkent viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahrining hokimi Muzaffar Soliyev o‘z lavozimidan ozod etildi. U javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki fuqaro 5 yilga qamaldi
23 noyabr 2022, 20:15

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki fuqaro 5 yilga qamaldi

Ikki qizni Indoneziyaga fohishalik qilish uchun yuborishni rejalashtirgan ikki fuqaro 5 yilu 1 oydan qamoq jazosiga hukm qilindi.

Toshkentdagi DXMlar ID-kartalarni rasmiylashtirishni boshladi
31 yanvar 2022, 19:35

Toshkentdagi DXMlar ID-kartalarni rasmiylashtirishni boshladi

Endi ID-kartani ichki ishlar bo‘limlaridan tashqari Toshkent shahrining tumanlari hamda Nurafshon shahridagi davlat xizmatlari markazlaridan olish mumkin.

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmadi, kechiktirildi
15 dekabr 2021, 13:22

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilinmadi, kechiktirildi

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va yangi zamonaviy kutubxona qurilishi to‘g‘risidagi farmoyish bekor qilinmagani, aksincha, kreditor qarzdorlikni yopish maqsadida kechiktirilgani ma’lum qilindi. Biroq, viloyatning yangi hokimi Zoyir Mirzayev imzolagan farmoyishda sobiq hokimning qarorini bekor qilish haqida so‘z borgan edi.

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi
13 dekabr 2021, 09:48

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining oldingi xokimi imzolagan Nurafshon shahrida umumiy qiymati 34,4 mlrd so‘m bo‘lgan yodgorlik majmui va kutubxona qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Ushbu mablag‘lar muhtojlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

Toshkentdagi yana bir chorrahadan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma e’lon qilindi
9 noyabr 2021, 15:34

Toshkentdagi yana bir chorrahadan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma e’lon qilindi

Ahmad Donish, Sebzor va Nurafshon ko‘chalari kesishmasi qaytadan tashkil etildi. Chorrahadan faqat to‘g‘riga harakatlanishga ustuvor ahamiyat sifatida qaralgan, o‘ngga burilish qo‘shimcha yo‘l, chapga burilishlar esa aylanma yo‘l va ortga qayrilish yo‘nalishlari orqali amalga oshiriladi. Hokimiyat qo‘llanmani e’lon qildi.

Nurafshonda 34,4 mlrd so‘mga yodgorlik majmuasi va kutubxona quriladi
8 noyabr 2021, 15:01

Nurafshonda 34,4 mlrd so‘mga yodgorlik majmuasi va kutubxona quriladi

Nurafshonda Zulfiya Zokirova yodgorlik majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish, shuningdek, kutubxona qurish uchun 34,4 mlrd so‘m (3,2 mln dollardan ortiq) mablag‘ yo‘naltirildi. Loyiha Qarshidagi «Qashqadaryo Maks Servis Qurilish korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hokimlik xarajatlar yuzasidan izoh berdi.

Nurafshon IIB boshlig‘i avtohalokatda vafot etdi
26 may 2021, 13:02

Nurafshon IIB boshlig‘i avtohalokatda vafot etdi

Nurafshon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Navro‘z Omonboyev vafot etdi. Podpolkovnik «Kuchlik» neft baza yaqinida avtohalokatga uchragan.

Nurafshonda «aqlli shahar» o‘rniga Business City bunyod etiladi
4 may 2021, 13:52

Nurafshonda «aqlli shahar» o‘rniga Business City bunyod etiladi

Nurafshonda «aqlli shahar» investitsiyaviy loyihasi o‘rniga Nurafshon business city konsepsiyasi amalga oshiriladi. Avvalroq tashkil etilgan direksiya «Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi» shaklida qayta tashkil etiladi.

Nurafshondagi portlashga gaz o‘g‘riligi sabab bo‘lgan — «Hududgazta’minot»
27 aprel 2021, 23:03

Nurafshondagi portlashga gaz o‘g‘riligi sabab bo‘lgan — «Hududgazta’minot»

Nurafshonda sodir bo‘lgan va bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan portlash maishiy ehtiyojlar uchun tabiiy gazni o‘g‘rilash natijasida sodir bo‘lgan. «Hududgazta’minot» kvartira egasi gaz quvurlarini kanalizatsiya sifoni bilan ulaganini ma’lum qildi.

Nurafshonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
27 aprel 2021, 13:35

Nurafshonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Nurafshon shahridagi ikki qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi vafot etdi.

Nurafshon shahri hokimi tayinlandi
15 yanvar 2021, 10:27

Nurafshon shahri hokimi tayinlandi

Sobiq Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Saliyev Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlandi.

Nurafshon shahar hokimi vazifasidan ozod etildi
14 yanvar 2021, 18:31

Nurafshon shahar hokimi vazifasidan ozod etildi

2019 yildan buyon Nurafshon shahar hokimi bo‘lgan Qahramon Hakimov o‘z lavozimidan bo‘shatildi.

Toshkent viloyatidagi «Nurafshon siti» ni Singapur kompaniyasi quradi
28 oktabr 2020, 19:24

Toshkent viloyatidagi «Nurafshon siti» ni Singapur kompaniyasi quradi

Toshkent viloyati hokimligi va Singapurning Universal Success Enterprises kompaniyasi «Nurafshon siti»ni qurishga kelishib olishdi. Loyiha uch bosqichda amalga oshirilishi kutilmoqda va investitsiyalar hajmi texnik-iqtisodiy asoslash natijalariga ko‘ra aniqlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting