28 yanvar kuni taxminan soat 14:30 atrofida Bektemir tumanida Nexia avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Yong‘in «Qo‘yliq universal savdo majmuasi» avtoturargohi ro‘parasida harakatlanib ketayotgan M.M. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasining motor qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan.

nexia, ёнган машина, фвб
Foto: Toshkent shahar IIBB

U favquloda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 29 yanvar kuni Namangan shahri «To‘qimachilar» ko‘chasida harakatlanib ketayotgan oq rangli Nexia avtomashinasida ham yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in bo‘yicha 2-yong‘in qutqaruv qismi kelib, uni bartaraf qilgan. Voqea oqibatda tan jarohati olganlar yo‘q. Holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

nexia, ёнган машина, фвб
Foto: Namangan FVB