O‘zbekistonga juma va dam olish kunlari Turkmaniston hududlaridan nam va iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Respublikaning katta qismida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoliy va sharqiy hududlarda yog‘ingarchilik kutiladi. Juma kuni (6 yanvar) kunduzi havo 7−12 daraja iliqqacha, 7 yanvar kuni 10−15 daraja iliqqacha isiydi, yakshanba kuni esa (8 yanvar) yana 7−12 iliq bo‘ladi.

Ba’zi joylarda shamol 15−20 metr sekundgacha kuchayadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab tuman tushishi kuzatiladi. Respublikaning tog‘li hududlarida ushbu kunlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Avvalroq 9 yanvardan O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kela boshlashi,10−15 yanvar kunlari havo harorati kechalari −12…−17 darajagacha, kunduz kunlari −5…−8 darajacha, cho‘l hududlarda esa −25…−27 darajagacha pasayishi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi ayozli kunlarda energiya ta’minotidagi ehtimoliy uzilishlardan ogohlantirgan. Vazirlik kelasi haftada kutilayotgan sovuq havo munosabati bilan yirik korxonalarga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish qisqarishi, IESlarga gaz yetkazib berish ko‘payishini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, jadvalga ko‘ra, energiya ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Sovuq tushishi, shuningdek, o‘quv muassasalari ish tartibiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 10−18 yanvar kunlari ta’til e’lon qilindi.

Anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvargacha uzaytirildi.