Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi 3-mintaqaviy hudud 30-son manzil-koloniyasidan qochib ketgan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani ikki nafar mahkum qidirilmoqda, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz»ga IIV xuzuridagi Jazoni ijro etish departamenti axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 4 yanvar kuni 1986 yilda tug‘ilgan mahkum A. K. sog‘ligi sababli Zafarobod tumani Tibbiyot birlashmasining «Terapiya» bo‘limiga davolanish uchun yotqizilgan bo‘lishiga qaramasdan soat 22:30 larda tibbiyot birlashmasining 3-qavat 1-xonasidan ruxsatsiz no’malum tomonga ketib qolganligi aniqlangan. Xuddi shu kuni soat 23:15 larda muassasada o‘tkazilgan ko‘rik vaqtida mahkum 1992 yilda tug‘ilgan M. N. ning ham koloniya hududida yo‘qligi aniqlangan.

Hozirda JIED tomonidan tartibbuzarlik sodir etib, manzil koloniya hududidan ketib qolgani uchun qidiruv ishlari olib borilmoqda.

koloniya, mahkum
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Departament axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshevning ta’kidlashicha, manzil-koloniyadan qochish jinoyat emas, tartibbuzarlik sanaladi. Bu yerda mahkumlar qo‘riqlanmaydi, ammo nazoratda saqlanadi.