O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tarkibida tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Abdulla Abduqodirov prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Akbar Musayev va Rustamxon Azizov agentlik bosh direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abdulla Abduqodirov taniqli iqtisodchi olim, O‘zbekiston taraqqiyotining dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam so‘z yuritib keladi, Moliya vazirining sobiq o‘rinbosari bo‘lgan.

Akbar Musayev esa bungacha prezident Administratsiyasi sektor mudiri lavozimida ishlab kelgan.

Rustamxon Azizov Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

sentabr oyida Strategik rivojlanish agentligi o‘rniga Strategik islohotlar agentligi tashkil etilgan edi. Uning bosh direktori — Shuhrat Vafoyev.