10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi ortidan o‘n ikki nafar sudyaning ish joyi o‘zgardi, deb xabar berdi Kengash matbuot xizmati.

Ochiq tanlov va muqobillik asosida kechgan jarayon natijasida tuman sudidan viloyat sudiga, viloyat sudidan shahar sudiga o‘tganlar ham bor.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

  • Nomozov Muzaffar Ergashovich — sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Berdiyorov Rahmatjon Tojinorovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Yusupov Nizom Hasanovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Mirzayeva Iroda Tohirovna — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.
  • Ismoilov Mavlonbek Matyoqubovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Haydarov Tolibjan Yakubjonovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
  • Rahimjonov Rahmonberdi Qambaridinovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Abdushukurov Farhod Zokirovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Xolmonov Bahodir Muhiddinovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Toshev Dusmurod Baratovich — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.
  • Eshimov Sharof Zoirovich — sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyer shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.
  • Sodiqov Shuhratjon Abdumo‘minovich — sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tumani sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.