24 noyabr kuni O‘zbekistonda 95 nafar (23 noyabr — 98 kishi) fuqaroning koronavirusga qarshi topshirgan testida musbat natija qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Kasallangan bemorlarning 68 nafari Toshkent shahrida ro‘yxatga olindi. Shuningdek, Toshkent viloyati — 6, Samarqand — 5, Namangan — 4 viloyatlarida ham bemorlar bor. Yana bir kasallanish Qoraqalpog‘istonda ham qayd etildi.

Hozirga kelib rasman 245 576 nafar fuqaroning koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 12 noyabrdan beri kovidga chalinganlar soni kun sayin ortib bormoqda.

Bir haftada 2310 nafar shaxs karantinga olindi. «Hozirda gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar kovid bilan miks-infeksiya kasalligi sifatida aniqlanmoqda», deya ta’kidlagandi SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov.