Hukumat qarori bilan Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining barcha o‘rinbosarlari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Jumladan:

  • Rustamxon Azizov — direktorning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan;
  • Aziz Gafurov — direktor o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan;
  • Aleksey Sim — direktor o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

Chapdan o‘ngga: Aleksey Sim, Rustamxon Azizov, Aziz Gafurov.

Ma’lumot uchun, prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi davlat rahbarining 9 sentabrdagi farmoniga muvofiq Strategik rivojlanish agentligi negizida tashkil etilgan edi. Agentlik direktori lavozimiga Shuhrat Vafayev tayinlangan edi.

Amaliyotga ko‘ra, idora va tashkilotlar qayta tuzilganida ularning xodimlari ishdan bo‘shatilib, yangi tashkil etilgan muassasaga qaytadan ishga olinadi. Bu jarayon bir necha oygacha ham cho‘zilishi mumkin. Shu bois Strategik islohotlar agentligi direktori o‘rinbosarlari ham shu kungacha Strategik rivojlanish agentligi direktori o‘rinbosarlari lavozimida ishlab kelgan.