Human Rights Watch xalqaro inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti O‘zbekiston hukumatini «odamlarning ommaviy yig‘ilishlarini nazorat qilishda huquq-tartibot idoralari tomonidan granataning ayrim turlaridan foydalanishga yondashuvni zudlik bilan qayta ko‘rib chiqishga» chaqirdi. Bu haqda tashkilotning Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarga bag‘ishlangan hisobotida aytiladi.

«Asosan tinch namoyishlarni tarqatishda» xavfsizlik kuchlari tomondan ko‘rilgan «ehtiyot choralari jiddiy jarohatlar va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘q otish qurollari va har xil turdagi granatalarning asossiz qo‘llanilishini» o‘z ichiga oladi", — deya ta’kidladi HRW. 1−2 iyul voqealari chog‘ida kamida 21 kishi, jumladan, 4 huquq-tartibot xodimi halok bo‘lgan, 270 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Tashkilot O‘zbekistonni hodisaning barcha holatlarini aniqlash va qo‘pol qoidabuzarliklarda aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun «ushbu voqealar, jumladan, xavfsizlik kuchlari harakatlariga nisbatan mustaqil tergov o‘tkazish»ga chaqirdi.

Portlash jarohatlari va granatalar

Human Rights Watch Telegram, Instagram va TikTok`da joylashtirilgan video va fotosuratlar, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan 11 ta video va fotosuratlar tahlil qildi. Video va fotosuratda odamlarning jarohatlari tabiatini mustaqil travmatolog Rohini Xaar tasvirlab berdi.

Suratdagi 14 kishi katta ehtimollik bilan portlovchi qurilmalarning tabiatiga mos keladigan tan jarohatlari olgan, jumladan, chuqur kesilgan va yumshoq to‘qimalarning muhim joylari yo‘qolgan", «bitta video va to‘rtta fotosuratda terining qorayishi aks etgan, bu portlovchi qurilmaning portlashi natijasida kelib chiqqan kuyish jarohatini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yara», deyiladi hisobotda.

7 iyul kuni O‘zbekiston IIV tartibsizliklarni tarqatishda qo‘llaniladigan maxsus texnikalar majmuasi namoyish etilgan videoni jamoatchilikka taqdim etdi. Unda aytilishicha, bular «o‘limga olib kelmaydigan» «standart granatalar», ammo rezina to‘plari bo‘lgan 717 STRB yorug‘lik-shovqin/travmatik granata «yaqin masofadan shikastlanishga olib kelishi mumkinligini tan oldi.

HRW bu buyumlarning barchasi Isroilning ISPRA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan deb hisoblaydi, jumladan G705-CS alyuminiy korpusli ko‘z yosh granatalari, rezina korpusli G303-WS oq tutunli granatalar va rezina sharli 303 STRB yorug‘lik- shovqin chiqaruvchi travmatik granatalar. Videolardan birida tashkilot G303-ST shovqinli granatani topdi.

Tashkilotning ta’kidlashicha, ikkita videotasvirda olingan jarohatlar «yuqori darajadagi ehtimollik bilan portlovchi deb tasniflanishi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyishchilarga o‘q uzilishi natijasida olingan» ekanligini ko‘rsatadi.

Katta kaliberli granatalar

Yuqorida muhokama qilingan «o‘limga olib kelmaydigan» granatalar bilan bir qatorda, Human Rights Watch Qoraqalpog‘istonda qo‘llanilgan yirik kalibrli proyeksiyalanuvchi granatalarning ikki turini aniqladi: Rossiyada ishlab chiqarilgan «qobiqsiz» 40 mmli SV-1352/1 shovqin granatalari va Bolgariyada ishlab chiqarilgan 40 mmli RLV-SMK-3 tutun chiqaruvchi granatalar («Arsenal» AD).

«Ular standart 37 mm „o‘libga olib kelmaydigan“ ko‘z yoshi granatasiga qaraganda ancha kuchliroq va 25−50 g standart massaga nisbatan mos ravishda 250−280 g og‘irlikka ega», — deyiladi hisobotda.

«SV-1352/1 va RLV-SMK-3 kabi granatalarning massasi va tezligining umumiy ta’siri, nisbatan qisqa masofadan o‘q uzilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri urilganda, og‘ir jarohatlar yoki hatto o‘limga olib kelishi mumkin», deya ta’kidlaydi tashkilot.

Harbiy patronlarning qo‘llanilishi

HRW «O‘zbekiston xavfsizlik kuchlarida namoyishlar chog‘ida Kalashnikov avtomatlari (u yoki bu seriyasi) bo‘lganini ko‘rsatuvchi faktlar, shuningdek, o‘qotar qurollardan qolgan yaroqsiz gilzalar izlari aniqlangan», deyiladi xabarda.

Videolardan birida namoyishchining o‘ng boldiridan ko‘p qon oqayotgani ko‘rsatilgan. Tashkilot tibbiy ekspert xulosalari jarohatning tabiati «yuqori darajadagi ehtimollik bilan o‘q otishdan olinganiga ishora qiladi».

«AK-74 da qo‘llanilgan 5,45×39 o‘lchamdagi gilzani ushlab turgan namoyishchining» ikkita fotosurati va «to‘pponcha patronlariga xos bo‘lgan shisha shaklidagi ikkita mis patron tutgan namoyishchi» videosi aniqlangan.

Yig‘ilishlar o‘tkazish erkinligi va kuch ishlatishning xalqaro standartlari

«Xalqaro huquq davlatlarni tinch yig‘ilishlar o‘tkazish erkinligi huquqini ularni o‘tkazish uchun sharoit yaratish choralarini ko‘rish orqali, namoyishchilarni qarshi namoyishchilar yoki boshqalarning zo‘ravonligidan himoya qilish orqali himoya qilish majburiyatini yuklaydi. Bunday yig‘ilishlarga cheklovlar faqat boshqalarning huquqlarini himoya qilish va bu maqsadga erishish uchun zarur va mutanosib ravishda eng kam aralashuvchi vositalardan foydalanish kabi qonuniy maqsadga erishish uchun mo‘ljallangan bo‘lsagina ruxsat etiladi», — dedi HRW.

«Yig‘ilishni tarqatib yuborish faqat „alohida hollarda“ amalga oshirilishi mumkin (Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt — tahr.). Xususan, „agar yig‘ilish tabiyati tinch bo‘lmagan yoki jiddiy zo‘ravonlik tahdidining aniq dalillari mavjud bo‘lsa, uni yanada mutanosibroq choralar bilan bartaraf etib bo‘lmaydi“. Bunday vaziyatda huquq-tartibot kuchlari birinchi navbatda namoyishchilarga tarqalib ketish uchun yetarli imkoniyatlarni taqdim etishi, bunga aniq yo‘nalishlar va chiqish yo‘llarini taqdim etishi kerak», — deyiladi tashkilot xabarida.

«Huquq-tartibot idoralari xodimlari, qoida tariqasida, tinch namoyishlarni tarqatish uchun kuch ishlatishdan tiyilishlari kerak, hatto ular bunday namoyishlarni noqonuniy deb hisoblasa ham. Hatto zo‘ravonlik sodir bo‘lgan taqdirda ham kuch ishlatish haqiqiy tahdidni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan va mutanosib ravishda cheklanishi va faqat oxirgi chora sifatida joiz bo‘lishi kerak», — deyiladi hisobotda.

«Olomonga qarshi o‘limga olib keluvchi kuch ishlatish vositalari hech qanday sharoitda beg‘araz bo‘lishi mumkin emas va faqat hayotga bevosita tahdid soladigan vaziyatlarda amalga oshirilishi mumkin», deb ta’kidladi HRW.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti yuz bergan voqealardan so‘ng darhol kuch tuzilmalarining harakatlari ham chuqur tahlil qilinishi va agar ular tomonidan noto‘g‘ri kuch ishlatilgan bo‘lsa, amaldagi qonunchilikka asosan ularning ham jinoiy javobgarligi ta’minlanishini bildirdi.


Voqealarni o‘rganish

15 iyul kuni O‘zbekiston parlamenti Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar va inson huquqlari buzilishi holatlarini o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzildi. Komissiya norozilik sabablarini aniqlash, hibsga olinganlarning advokat bilan uchrashishi hamda qiynoqlar va boshqa shafqatsiz muomalalarga duchor bo‘lganligini bilish uchun advokatlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, namoyishchilar, shu jumladan kasalxonaga yotqizilgan, fuqarolik jamiyati vakillari va Qoraqalpog‘iston aholisi bilan suhbat o‘tkazdi.

Ombudsman boshchiligidagi komissiyaning, ayniqsa, fuqarolik jamiyatini jalb qilgan holda tashkil etilishi «hokimiyat tomonidan muhim qadamdir», deb ta’kidladi HRW. Biroq, tashkilot «asosiy maqsadi inson huquqlari buzilganligi uchun javobgarlikni ta’minlashdan iborat bo‘lgan mustaqil tergov uchun» markaziy masalalar o‘lim va og‘ir jarohatlar yoki voqealar paytida xavfsizlik kuchlari xodimlarining harakatlari, shu jumladan uskunalar va qurollarning ishlatilishi yuzasidan maxsus tergov bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.


«O‘zbekiston hukumati norozilik namoyishlari ortidan mahbuslarga nisbatan qiynoqlar va shafqatsiz munosabatda bo‘lgan barcha da’volarni ham tekshirib, aybdorlarni javobgarlikka tortishi kerak», — deydi HRW.

Komissiya talabiga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida qo‘lga olingan 107 nafar shaxs sud muhokamasiga qadar hibsdan ozod etildi.

«Komissiya hali o‘z xulosasini e’lon qilmagan va hech qanday muddat belgilamagan», — deya ta’kidlaydi HRW.