13 oktabr kuni Samarqand viloyatidan o‘tuvchi M-37A aylanma avtomobil yo‘lining 37-kilometrida Lacetti beton to‘siqqa urilishi oqibatida mashina ichida bo‘lgan 5 kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Soat 19:00 da fuqaro 30 yoshli J.M. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinasida Toshkent — Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotib, mashina boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishlarini ajratib turgan metall to‘siqqa to‘qnashgan. Tarmoqlardagi fotosuratlarga ko‘ra, to‘siq mashinani teshib o‘tgan.


Yuqoridagi suratda esa avtomobil tablosida tezlik ko‘rsatgichi 140 km/soatda qotib qolganini ko‘rish mumkin.

Oqibatda haydovchi J.M., yo‘lovchilar — 25 yoshli Yo.U., 41 yoshli R.E., 44 yoshli A.U. va 34 yoshli M.G‘. tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.