Yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov va Farg‘ona tumani hokimi Shuhrat Muminov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi tegishli qarorni imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Mansurbek Alixonov 2020 yil sentabr oyi boshida Asaka tumani, Shuhrat Muminov esa undan oldinroq — iyul oyida Farg‘ona tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.