Vladimir Putin Donbass, Zaporoje va Xerson viloyatlari aholisining referendumda qabul qilgan qarori yuzasidan xalqqa murojaat qildi.

«Rossiya DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarida referendumlar xavfsiz o‘tishi uchun hamma narsani qiladi», — dedi u murojaatida.

Shuningdek, u «Rossiyaning hududiy yaxlitligiga tahdid tug‘ilganda biz barcha usullardan, jumladan, yadroviy quroldan ham foydalanamiz», — deya ta’kidladi. Shuningdek, prezident qisman safarbarlik to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, zaxiradagi 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar bugundan boshlab harbiy xizmatga jalb etiladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi fuqarolar 21 sentabrdan Rossiyani tark etolmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 20 sentabr kuni Rossiya Davlat dumasi harbiy xizmatga qarshi jinoyatlarni og‘irlashtiruvchi o‘zgartirishlarni qabul qildi. Unga ko‘ra, xizmat davri safarbarlik yoki harbiy holat hisoblanib, bunda buyruqlarni bajarmaganlik, dezertirlik va xizmatdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.