10 avgust kuni soat 10:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani hududidan o‘tuvchi 4H-155 «Bostan — Sarabiy» avtomobil yo‘lida ikkita avtotransport ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, ulardan biri yo‘l-patrul xizmatiga tegishli.

O‘zbekiston IIV YHXX ma’lumotlariga ko‘ra, avtotransport boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan Lacetti avtomobili haydovchisi Z.Yu. ehtiyotsizlik oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va YPX xodimi N.A.ga biriktirilgan yo‘l-patrul xizmatining Nexia 3 avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisa oqibatida Lacetti avtomobili haydovchisi Z.Yu. olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. YPX xodimi N.A. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.