Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Bugun 8 iyul kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +30…+35 daraja bo‘lib, bu iqlimiy qiymatlardan biroz past hisoblanadi.

9−11 iyul — Qurbon hayitini nishonlash kunlarida respublikaning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo kuzatilib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat foni qulay bo‘lib, kechasi +17…+22 daraja, kunduzi 9 iyulda +30…+35 daraja, 10−12 iyulda +32…+37 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Shanba va yakshanba kunlari Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.