Bu yil O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari ochiq havoda o‘tkaziladi, deb xabar beradi Davlat test markazi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi qaroriga ko‘ra, imtihonlar stadion va bog‘larda (xiyobonlarda) o‘tkazilishi kerak.

2020 va 2021 yillardagi koronavirus pandemiyasi sababli OTMlarga kirish imtihonlari ochiq havoda o‘tkazildi. Iyun oyi oxirida DTM vakili Javlon Nurmatov davlat komissiyasining yoki maxsus komissiyaning takliflari, cheklovlari bo‘lmasa, OTMga kirish imtihonlari to‘liq yopiq binolarda o‘tkazilishi mumkinligini aytgandi.