Ushbu haftada anomal issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.

O‘zbekistonga 25 iyundan boshlab Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishni boshladi.

1 iyungacha iqlimiy qiymatlardan 5−7 darajaga yuqori bo‘lgan havo harorati bilan kechalari +23…+26 daraja, kunduz kunlari +39…+42 daraja issiq bo‘ladi. O‘zbekiston janubida va cho‘l hududlarida bu +43…+45 darajagacha yetadi.

Faqat juma kuni issiq biroz pasayadi. Mamlakat hududining katta qismida harorat +37…+40 daraja atrofida bo‘ladi, janubiy hududlarda +43…+45 daraja atrofida bo‘lgan juda yuqori harorat saqlanib turadi.

Mamlakatning ayrim hududlarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, O‘zgidromet 27 iyun kuni ayrim tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinliini ma’lum qildi.