Akmaljon Mahmudaliyev Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

U 2017 yildan buyon hokim o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Sa’dullo Istamovning o‘rnini egalladi.

Akmaljon Mahmudaliyev 1974 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar 2018-yildan buyon Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Ma’lum qilinishicha, u 1995 yilda Samarqand kooperativ institutining buxgalteriya hisobi fakultetini, 2005 yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutining don va don mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakultetini tamomlagan.

2009−2013 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi Farg‘ona hududiy bo‘limi bosh davlat don inspektori, 2013 yil sentabr oyidan 2018 yil iyun oyiga qadar inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.