Bugun, 6 may kuni O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo bo‘ladi.

O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berishicha, faqat Qoraqalpog‘istonning shimolida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati +24…+29 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 8 aprel kuni kunduzgi havo harorati +30…+35 darajagacha ko‘tariladi.

Faqat respublikaning shimoliy hududlari Kavkaz huddularidan kirib kelgan nam havo massasi ta’siri ostida bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

9−10 may kunlari nam havo massasi mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momoqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi.

9 mayda kunduzgi havo harorati +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.

10 mayda respublika hududining katta qismida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi mumkin, harorat +23…+28 darajagacha pasayadi.

8 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 9−10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha, qolaversa, shimolda va cho‘l hududlarda 22−25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.