Oybek Mirzabekov Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan Oybek Xodjayevning o‘rnini egalladi.

Oybek Mirzabekov (1980 y. t) tayinlovga qadar «O‘zsanoateksport» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.