O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov ma’lum qildi.

«Elchixona diplomatlari tomonidan muntazam ravishda O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Ukrainaning turli hududlarida joylashgan vatandoshlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatilgan», — deyiladi xabarda.

Elchixonaning elektron pochta manzili: embassy@uzbekistan.org.ua.