Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Tursinxan Xudaybergenov nomzodi ham ma’qullandi. Bu haqda Nigoh telegram kanali xabar berdi.

O‘zbekiston prezidentining 1 martdagi tegishli farmoniga muvofiq Tursinxan Xudaybergenov lavozimga tayinlandi.

U mazkur lavozimda 12 fevral kuni Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan Rahmat Mamatovning o‘rnini egalladi.

Tursinxon Xudoyberganov 2018 yilning aprelida O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangandi.

U bunga qadar 2010 yilning martidan 2016 yil dekabrigacha FVVga rahbarlik qilgan. Undan so‘ng prezidentning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. Ayni vaqtda u mazkur lavozimni ham saqlab qoldi.

Tursinxon Xudoyberganov (1951 yilda tug‘ilgan) — Toshkent pedagogika instituti (1974 yil) va SSSR IIV Akademiyasi (1982) bitiruvchisi. 1974−1999 yillarda IIVda turli lavozimlarda ishlagan. 1999−2001 yillarda Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, 2001−2006 yillarda — prezidentning huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi, 2006−2010 yillarda esa Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.