Energetika vazirligi soat 16:00 da barcha hududlarda elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanishi rejalashtirilganini ma’lum (https://t.me/minenergy_uz/4510) qildi.

Vazirlikning soat 14:00 holatiga hududlarni elektr energiya bilan ta’minlash ko‘rsatkichini e’lon qildi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 100%
  • Andijon viloyati — 89%
  • Buxoro viloyati — 100%
  • Jizzax viloyati — 100%
  • Qashqadaryo viloyati — 100%
  • Navoiy viloyati — 100%
  • Namangan viloyati — 91%
  • Samarqand viloyati — 100%
  • Surxondaryo viloyati — 100%
  • Sirdaryo viloyati — 100%
  • Toshkent viloyati — 100%
  • Farg‘ona viloyati — 91%
  • Xorazm viloyati — 100%
  • Toshkent shahri — 100%.

Avvalroq, Ertalabki 9:00 dan Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan tashqari, boshqa hududlardagi shaharlararo yo‘nalishlar bo‘ylab, shuningdek, aksariyat viloyatlarda gaz quyish shoxobchalari ishlay boshlashi aytilgandi. 28 yanvardan esa butun respublikada shoxobchalar faoliyatini tiklash reja qilingan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi esa Toshkentdagi barcha qozonxonalar faoliyati tiklangani, biroq, gaz bosimi pastligi uchun qozonxonalar yetarli issiqlikni ko‘p qavatli xonadonlarga bera olmayotganini ma’lum qilgandi.