Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoniga safar qilayotgan ziyoratchilar uchun manfiy PZR-test ma’lumotini taqdim etish tartibi bekor qilindi. Endi safarga boruvchilar faqat koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishi lozim.
1- fevral kuni “Umra — 2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonga qaytib keldi. Ular “Baqi” qabristoni, “Qubo” va “Qiblatayn” masjidlari va Uxud tog‘ida, shuningdek, Madina shahrida Masjidul Nabaviyda, Payg‘ambarning Ravzai mutohharalarida ziyoratda bo‘lgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 1-fevraldan boshlab Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan aviareys amalga oshirilishini ma’lum qildi. 10-fevraldan esa har kuni 2 tadan, Ramazon oyi davomida esa har kuni 3 tadan avia qatnov yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 kishi, 50 o‘rindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirilishi, oziq-ovqatlar maxsus qadoqlangan holda tarqatilishi, Saudiya qirolligida joriy qilingan 15 foiz QQS umra to‘lovi oshishiga ta’sir etganini ma’lum qildi. Qolaversa, bu yilgi mavsumda Makka va Madina shaharlarida Ikki Haramga yaqin bo‘lgan mehmonxonalar buyurtma qilingani qayd etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi joriy umra mavsumida ilk reyslar 22, 25 va 28 yanvar kunlari amalga oshirilishini ma’lum qildi. Safarga 2020 yilning fevraligacha ro‘yxatdan o‘tganlar boradi. Ziyoratchilar Astra-Zeneca, Moderna, Pfizer yoki Jonson&Jonson vaksinalari bilan to‘liq emlangan bo‘lishi lozim. Sputnik V va o‘zbek-xitoy vaksinalarini olganlar esa talab qilingan vaksinalardan birining ilk dozasini olishi yetarli bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting