23 dekabr kuni O‘zbekistondan afg‘on xalqiga 63 vagonda oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi, deya xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligi.

Poyezd Termiz shahridagi «Ayritom» chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natilgan.

Ma’lum qilinishicha, bugun Balx viloyati markazida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi o‘tkaziladi.

sentabr oyida ham O‘zbekiston qo‘shni davlatga oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechakdan iborat 1300 tonna insonparvarlik yordami jo‘natgandi.