Zamonaviy «dublyaj qiroli», o‘zining shirali ovozi bilan kinomuxlislar mehrini qozongan Sanjar Sa’dullayev 4 dekabr kuni 67 yoshda vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro Facebook`dagi sahifasida ma’lum qildi.

Sanjar Sa’dullayev 1954 yil 10 iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U Toshkent davlat teatr va san’at oliygohining «Drama va kino aktyori» bo‘limini tamomlagan.

U dublyajdagi faoliyati davomida yuzlab film va seriallarga ovoz bergan.