30−31 oktabr kunlari Belgradda (Serbiya) o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida sakkiz nafar bokschi ishtirok etdi.

Birinchi bo‘lib 1/8 finalda irlandiyalik Riki Nesbittni mag‘lub etgan Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg) ringga ko‘tarildi (5:0). Yarim finalga chiqish uchun o‘zbekistonlik bokschi qozog‘istonlik Temirtas Jusupov bilan jang qiladi.

Saralash bahslarida raqibi italiyalik Simone Fiori bo‘lgan Odiljon Aslanov (-80 kg) navbatdagi jangda ringga ko‘tarildi. Jang o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasi (4:1) bilan yakunlandi.

Shanba kuni Muzhibillo Tursunov (-63,5 kg) va Saidjamshid Jafarov (-75 kg) ham jang o‘tkazdi. Har ikki bokschi ham Yaponiya vakillariga qarshi ringga chiqdi. Tursunov debyut jangida Taiga Imanagu (5:0) ustidan g‘olib kelgan bo‘lsa, Jafarov muvaffaqiyatli o‘yinini davom ettirib, Yuito Marivakini (5:0) mag‘lub etdi (video).

Yakshanba kungi janglar doirasida -54 kg vazn toifasidagi Shahobiddin Zoirov birinchi bo‘lib 1/8 finalda ishtirok etdi. Yaqin masofada o‘tgan jangda Olimpiya chempioni yaponiyalik Tomoya Suboiga yutqazdi (2:3) (video).

Og‘ir vazn toifasida Lazizbek Mullajonov (+92 kg) Buyuk Britaniyada «yangi Entoni Joshua» deb atalgan angliyalik Delisious Auriyerni (5:0) mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi (video).

Shuningdek, sloveniyalik Tadei Sernoga qarshilik ko‘rsatgan Abdumalik Halakov (-60 kg) ham g‘alaba keltirdi. Xalakov raqibini ishonchli mag‘lub etib, chorak final bosqichi ishtirokchisiga aylandi (video).

Shu kuni oxirgi bo‘lib Madiyor Saidrahimov (-92 kg) chiqish qildi. U qozog‘istonlik Aybek Oralbayni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi (video).1 noyabr uchun taqvim

-67 kg: Asadxuja Mo‘ydinxo‘jayev — Sevontrets Okazava (Yaponiya);

-75 kg: Saidjamshid Jafarov — Mirsharif Kazimzade (Ozarbayjon);

-63,5 kg: Muzhibillo Tursunov — Chu-En Lai (Xitoy Taypeyi);

-80 kg: Odiljon Aslanov — Robbi Gonsales (AQSh).