oktabr oyining boshida Koreya xalq demokratik respublikasining rahbari Kim Chen In Shimoliy Koreyadagi hukmron Mehnat partiyasi tashkil topganligining 76 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan harbiy ishlanmalar ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan. Bu haqda KXDRning Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Ushbu ko‘rgazmada KXDR rahbari davlat dushman kuchlariga qarshilik ko‘rsatish uchun mudofaa kuchlarini mustahkamlashda davom etishini ta’kidladi. Shuningdek u AQSh va Janubiy Koreyaning birgalikda o‘tkazgan harbiy mashqlarini va yangi qurollarni ishlab chiqayotganliklari uchun tanqid qildi. U KXDR «keyingi avlodlar uchun kuchli bo‘lishi kerak"ligini qayd etdi.

Shimoliy Koreya davlat televideniyesida Kim Chen In ko‘rgazmani aylanganligi, tanklarni ko‘zdan kechirganligi va generallar bilan suhbat qurganligi haqida videolavha namoyish etildi.

Bundan tashqari, Kim Chen In harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlarini ham tomosha qildi. Unda harbiylar siniq oynalarda yotish, g‘ishtlarni bosh bilan sindirish, temir zanjirlarni qo‘l bilan uzish va qo‘l jangi kabi namoyishlarni ko‘rsatishdi.

Video