20 sentabr kuni O‘zbekistonda 529 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 169 467 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 163 298 (+614) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1197 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, dushanba kuni 84 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 26 356 nafarga yetdi.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 217 nafarga yetdi.