12 sentabr kuni O‘zbekistonda 526 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 164 890 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 157 139 (+644) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1159 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, yakshanba kuni 96 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 25 478 nafarga yetdi.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 205 nafarga yetdi.