Hukumatning 9 sentabridagi qarori bilan 2021 yil 1 sentabrdan talabalar bilan ishlash bo‘yicha «guruh murabbiyi» instituti bekor qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Uning o‘rniga 1−3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Hujjatga muvofiq, har 120−150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida «tyutor» lavozimi kiritiladi.