26 avgust kuni O‘zbekistonda 841 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 153 204 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 145 693 (+705) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1056 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, payshanba kuni 361 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 22 505 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 159 nafarga yetdi.