O‘zbekistonda koronavirus oqibatida rasman qayd etilgan o‘limlar soni 1000 dan oshdi. 18 avgust kuni mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar orasida 8 ta o‘lim holati qayd etildi. O‘lim holatlari soni jami 1002 taga etdi.

Pandemiya boshlanganidan buyon qayd etilgan koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 146 459 taga etdi. Kecha kun davomida 844 kishida koronavirus aniqlandi.

18 avgust kuni 386 kishida pnevmoniya aniqlandi. 5 iyuldan beri (Sog‘liqni saqlash vazirligi bu statistikani e’lon qila boshlagan vaqtdan) umumiy holatlar soni 19 ming 586 taga yetdi.

Ulardan 12 ming 168 nafar bemor tuzaldi. Shu vaqt ichida pnevmoniya oqibatida 132 kishi vafot etdi (kecha 3 kishi vafot etdi).

«Gazeta.uz» 2020 yilda O‘zbekistonda vafot etganlar soni 2019 yilga nisbatan 13,5 foizga ko‘p bo‘lganligi haqida yozgan edi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ortiqcha o‘lim 20,2 ming kishini tashkil qilgan.