Prezident farmoniga ko‘ra, 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdori oyiga 270 ming so‘m, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori esa oyiga 822 ming so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, shu kundan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham oshadi.

Bloger va huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ayrim jarimalar miqdori qanchaga oshishini hisoblab chiqdi. Unga ko‘ra:

  • xavfsizlik kamarini taqmaslik — 135 ming so‘m (ayni vaqtda 122,5 ming so‘m);
  • texnik ko‘rik, «aptechka» — 135 ming so‘m (ayni vaqtda 122,5 ming so‘m);
  • hujjatsiz yurish — 270 ming so‘m (ayni vaqtda 245 ming so‘m);
  • sug‘urtasiz haydash — 270 ming so‘m (ayni vaqtda 245 ming so‘m);
  • «qizil»dan o‘tish — 540 ming so‘m (ayni vaqtda 490 ming so‘m);
  • noto‘g‘ri «parkovka» — 540 ming so‘m (ayni vaqtda 490 ming so‘m);
  • telefonda gaplashish — 810 ming so‘m (ayni vaqtda 735 ming so‘m);
  • raqamsiz haydash — 1 mln 350 ming so‘m (ayni vaqtda 1 mln 325 ming so‘m);
  • tezlikni oshirish (20 kilometr/soat) — 270 ming so‘m (ayni vaqtda 245 ming so‘m);
  • tezlikni oshirish (20−40 kilometr/soat) — 1 mln 350 ming so‘m (ayni vaqtda 1 mln 325 ming so‘m);
  • tezlikni oshirish (40 kilometr/soatdan ortiq) — 2 mln 430 ming so‘m (ayni vaqtda 2 mln 405 ming so‘m);
  • qarama-qarshi harakatlanish — 2 mln 700 ming so‘m (ayni vaqtda 2 mln 450 ming so‘m);
  • mast holda haydash — 6 mln 750 ming so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 6 mln 125 ming so‘m);
  • mastlik tekshiruvidan bosh tortish — 4 mln 50 ming so‘m yoki 3 yilgacha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish (ayni vaqtda 3 mln 675 ming so‘m);
  • ruxsatsiz «tonirovka» — 6 mln illion 750 ming so‘m (ayni vaqtda 6 mln 125 ming so‘m);
  • «tonirovka»dan bir yilda takroran ruxsatsiz foydalanish — 10 mln 800 ming so‘m (ayni vaqtda 9 mln 800 ming so‘m) etib belgilanadi.

Ma’lumot uchun, jarimalar so‘nggi marta 2021 yilning 1 fevralidan bazaviy hisoblash miqdori 223 ming so‘mdan 245 ming so‘mga ko‘tarilgan vaqtda oshgan edi.