10 iyul kuni soat 21:05 da O‘zbekistonning ikki viloyatida yerosti silkinishlari kuzatildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Qirg‘izistonda joylashgan. Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 276 kilometr janubi-sharq yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 4,3 ballga teng bo‘lgan.

Silkinish kucha Farg‘ona shahrida 3−4 ball va Andijon shahrida 3 ballni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni soat 07:16 da ham O‘zbekistonning qator viloyatlarida zilzila sezilgan edi.