Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 3 680 361 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 2 158 045 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 224 271 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 298 045 nafarni tashkil qildi.

30 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 138 919 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 83 344 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 24 730, 3-bosqich emlanganlar 30 845 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (442 315 doza), Farg‘ona viloyatida (423 601 doza), Andijon viloyatida (408 816 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 476 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 30 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 153 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 633 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 107 696 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 740 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2717 nafar bemor davolanmoqda.