O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari qo‘shma komissiyaining yig‘ilishi yakuni bo‘yicha ikki mamlakat bosh vazirlari 12 ta hujjatni imzolashdi.

Ular orasida kadastr va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirishga qarshi kurashish sohasida, tovar va avtomobillarni olib o‘tishda bojxona operatsiyalarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitimlar mavjud.

Tomonlar quyidagilar bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar:

  • O‘zbekistondan kelib chiqqan va Rossiyaga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar bilan almashish;
  • tashqi savdoda shubhali moliyaviy operatsiyalar bilan birgalikda kurashish;
  • aloqa va axborot texnologiyalari, ta’lim, mehnatni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilish.

Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida logistika yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu hujjat mamlakatlar o‘rtasida tovarlarni olib o‘tish tartibini soddalashtirishni va boshqalarni nazarda tutadi.

Oldinroq, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Moskvada Rossiya hukumati rahbari bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Shuningdek, «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarga 12 mlrd dollar ajratishni rejalashtirayotgani aytildi.